Bizning jamoa

Umarov Baxriddin Mengboeivich-psixologiya fanlar  doktori, professor. 2012 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri. E-mail: baxriddin-umarov@mail.ru

Umarov B.M 1961 yil Surxondaryo viloyati Denov tumanida tug’ilgan. !984 yilda Toshkent davlat unversiteti falsafa-iqtsod fakul’teti psixologiya bo’limini tugatgan. 1984-1999 yillar Termiz davlat universiteti o’qituvchisi, katta o’qituvchisi, kafedra mudiri. 2000-2003 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti doktoranti,2003-2012 yillar O’zbekiston Davlat Jahon tillar

Universiteti, dotsent, professori lavozimlarida ishlagan. Ayni paytda u uch nafar doktorant va mustaqil tadqiqochilarining doktorlik dissertatsiya ishlariga ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqda. Shu paytgacha uning rahbarligida ikki nafar fan nomzodi tayyorlangan. U 2006-2009 yillarda “Oliy ta’lim tizimida psixolok xizmatini tashkil   etishining ilmiy-metadologik muammolari”nomli va 2013-2015 yillarda “Oilaviy psoxologik xizmat ko’rsatish va tashkil etishning ilmiy—metadologik asoslari” mavzularidagi fundamental va innovatsion ilmiy loyiha mualliflari hisoblanadi.

B.M.Umarov 172 ta maqola va tezislar, 2 ta darslik, 2 ta o’quv qo’llanma, 16 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 2ta monografiya muallifidir. Shuningdek, u MDX davlatlarida (2008, 2009, 2013yil) o’tkazilgan xalqaro ilmiy konferensiylarda ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.

B.M.Umarov bugungi kunda psixologiya fanlari b o’yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash va Kengash qoshidagi ilmiy-metodalogik seminar a’zosi hamda “Psixologiya”, “Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar”, “Zamonaviy ta’li, jurnallarining redaksion kengash a’zosi sifatida ham samarali faoliyat olib bormoqda.

Raxmonova Yoqutxon Rasulovna – Toshkent Tibbyot Akademiyasi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi. 1958-yilda Toshkent shaxrida tug’ilgan.1981-yilda Toshkent Davlat Universitetini tugatgan. 1982-1983-yillar Toshkent shaxridagi 41-o’rta maktab o’qituvchisi, 1993-1999-yillar Toshkent viloyati malaka oshirish instituti katta o’qituvchisi, 1999-2005 yillar 2-Toshkent Davlat Tibbiyot instituti katta o’qituvchisi, 2005-2014-yillar Toshkent Davlat Tibbiyot Akademiyasi 1-son tillar va pedagogika psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab krlmoqda.

Yo.R.Raxmonova 2ta darslik, 2ta o’quv qo’llanma, 15dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar, 50dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.

Mamaradjabov Shavkat Irgashevich – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 1973-yilda Jizzax viloyatida tug’ilgan 1994-yildan Toshkent Davlat Tibbiyot Akademiyasi “Pedagogika psixologiya” kafedrasi dotsentlavozimida ishlab kelmoqda. 50dan ortiq ilmiy maqolalar, tezislar va o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifidir. Ayni paytda u doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda. Shu kungacha uning 50dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.

 

Komilova Malohat Olimovna – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  “Pedagogika psixologiya”  kafedrasi katta o’qituvchisi. 1971-yilda Toshkent viloyatida tug’ilgan. 1993-yilda O’zbekiston Davlat Jaxon tillari Universitetini tugatgan. 2004-2005 yillar 1-Toshkent davlat Tibbiyot Instititi rus tili, “Pedagogika va psixologiya kafedrasida assissent o’qituvchi,2005-2014 yillar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2-sonli tillar, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida katta o’qituvchi, 2014-yildan Toshkent Davlat Tibbiyot Akademiyasi pedagogika va psixologiya kafedrasida katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. U shu yillar mobaynida 4ta uslubiy qo’llama va tavsiyanomlar hamda 25dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislarni nashr ettirishga erishgan.

Saydullayev Alisher Nasrullayevich – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  “Pedagogika psixologiya”  kafedrasi katta o’qituvchisi. 1968-ylida Samarqand viloyatida tug’ilgan. 1992-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlar Universitetini tugatgan. U kafedrada akademik litsey va kollejlar bilan hamkorlik bo’yicha ma’sul sifatida ham samarali faoliyat ko’rsatib, qator akademik litsey va kasb-xunar kollejlarida o’zining mazmunli va qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etib keladi. Shuningdek, uning tomonidan 2ta uslubiy qo’llanma va tavsiyanomalar hamda 20dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislarni nashr ettirilgan.

Rustamova Nigyar Xayriddinovna – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  “Pedagogika psixologiya”  kafedrasi katta o’qituvchisi. 1963-yilda Toshkent shaxrida tug’ilgan. 1985-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlar Universitetini tugatgan. 1995-1999- yillar Toshkent Davlat Farmasevtika Instituti profkom sekratari, 1999-2005 yillar 2-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti o’zbek tili, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida o’qituvchi, 2005-yildan  Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-sonli tillar va pedagogika psixologiya kafedrasi katta o’qituvchisi, 2014-yildan “Pedagogika vapsixologiya” lavozimida ishlab kelmoqda. Uning shu kungacha 10dan ortiq uslubiy ishlanmalari, 30dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Iskandajanova Feruza Kamaliddinovna – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Pedagogika va psixologiya kafedrasi assissent – o’qituvchisi. 1971-yilda Farg’ona viloyatida tug’ilgan. 1992-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Universitetini tugatgan. 1992-2005-yillarToshkent shaxri, Mirobod tumani 218-maktab o’qituvchisi, 2005-2006 yillar Toshkent shaxri, Mirobod tumani Xalq talimi uslubchi, 2006-yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2-sonli tillar “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assissent o’qituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. Shuningdek, u kafedra mudirini o’quv ishlari bo’yicha muovini hisoblanadi. Uning shu paytgacha 5dan ortiq uslubiy ishlanmalari, 20dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

Maxammadjanova Muyassar Shomansurovna – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida ichki o’rindoshlik asosida assissent –o’qituvchi.  19921yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlar Universitetini tugatgan. -yilda Toshkent shaxrida tug’ilgan.  2001-2006-yillar Toshkent shaxri Shayxontoxur tumani 20-maktabda amaliyotchi psixolog, 2006-2007-yillar Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 1-sonli tillar “Pedagogika va Psixologiya” Kafedrasi assissenti, ichki nazorat inspeksiyasi va monitoring bo’limi uslubchisi vazifasida ishlab kelmoqda. U o’z ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 5 dan ortiq ilmiy-uslubiy tavsiyanomalar, 20dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirishga erishgan.

Asqarova Nargiza Abdivaliyevna – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi assissent o’qituvchisi. 1980-yilda Toshkent shaxrida tug’ilgan.  2009-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Universitetini tugatgan.  2009-2010-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Univerisiteti umumiy Psixologiya kafedrasida o’qituvchi, 2010-2013-yillar Toshkent viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti katta o’qituvchisi, 2014-yildan – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi assissent o’qituvchi vazifasida ishlab kelmoqda. U shu yillar mobaynida 5ta uslubiy qo’llanma, 2ta uslubiy tavsiyanoma va 15dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan.

 

Translate: English, Russian

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *