Kafedra jamoasi

resultBAZARBAYEV MURATALI IRISALIYEVICH 

(1974 yilda tug`ilgan).

  “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi mudiri. Fizika-matematika fanlari nomzodi. 1996 yil Toshkent davlat universitetining “Fizika” fakultetini bitirgan. 2009 yil 24 dekabrda 01. 04. 10. – «Исследование свойств кремния, легированного иттербием, иттрием, самарием и гадолинием» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 2009 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi ahborot texnologiyalari markazi rahbari lavozimida ishlab kelmoqda. 2011  yildan “Tibbiy profilaktika” fakultetining  biologic va bioorganic kimyo, biofizika va informatika kafedrasi assistenti lavozimida,  2013 yildan buyon “Tibbiy profilaktika” fakultetining biofizika, informatika va normal fiziologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

DSC_9977_opt

ISLOM MULLAJONOVICH MULLAJONOV

(1943 yilda tug`ilgan).

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1977 boshlab M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetida aspiranturada bo`lib, «Kaliy fosfatlarning suvli еritmalari strukturasi va undagi hajmiy o`zgarishlarni ultratovush yordamida aniqlash» mavzusi ustida ish olib bordi. 1985 yilda A.N.Remizov muallifligidagi “Tibbiy va biologik fizika” darsligini rus tilidan o`zbek tiliga tarjima qilgan, 2005 yilda professor S. D. Yuldashev, dotsent X. J. Raximovalar bilan hamkorlikda o`zbek tilidagi ushbu darslikni lotin grafikasiga o`girishda o`z hissasini qo`shgan. Kafedrada “Biofizika” va “Tibbiyot texnikasi” fanlaridan tayyorlangan 10 dan ortiq o`quv-uslubiy qo`llanmalarga mualliflik qilgan. Ko’plab ilmiy maqolalar, monografiya va ishlanmalar muallifi. “Tibbiyot texnikasi” fanini o’qitilishiga ma’sul.

DSC_9935_opt

USMON IKROMOV

(1946 yilda tug`ilgan).

Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1969 yildan buyon Tibbiyot institutida assistent, katta o`qituvchi, dotsent lavozimida ishlab kelmoqda. Qator yillarda 2-ToshDavTI ichki inspektsiyasi xodimi, tibbiy profilaktika fakulteti dekan muovini vazifalarida ishlab kelgan. Nomzodlik dissertatsiyasi 1990 yili LGU qoshidagi ilmiy kengashda «Некоторые вопросы оптимального управления дискретными процессами” mavzusida himoya qilgan. Kafedrada “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tayyorlangan 10 dan ortiq o`quv-uslubiy qo`llanmalarga mualliflik qilgan. Ko’plab ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

DSC_9999_optKARIMOV XUSAN ABDURAXMANOVICH

(1952 yilda tugilgan).

Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1967yil ToshDU fizika fakultetini tamomlagan. 1975 -1983 yillar mobaynida fizika kafedrasida katta laborant, assistent, ToshDavMI tarkibidagi PNIKЕBL laboratoriyasida kichik ilmiy xodim, dotsent lavozimlarida ishlab kelgan. 1983 yilda akademik K.A.Zufarov raxbarligida «Количественный и электро-хемилюминецентный анализ компенсаторной гипертрофии почки» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan va biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasiga sazovor bo’lgan. 1984 yildan fizika kafedrasida dotsent lavozimida ishlab kelmokda. O’quv, pedagogik va ilmiy faoliyati davrida 90 dan ortiq oliy tibbiyot institutlari talabalari uchun o’quv-uslubiy, uslubiy, qo’llanmalar va biofizika dasturlarini xammualliflikda ishlab chiqqan, ilmiy maqola va tezislar, gistologik va biofizik ilmiy izlanishlarga bag’ishlangan 30 dan ortiq ratsionalizatorlik takliflari, mualliflik yorliqlari bilan rasmiylashtirilgan. Xozirgi kundagi ilmiy–pedagogik izlanishlari tibbiyot institutlari, kollejlari va akademik litsey o`quvchilariga tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda biofizika fanini o`qitishni samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan.

MUXAMEDAMINOV BAXTIYOR BAKIDJANOVICH (1959 yilda tug`ilgan). “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti. 1982 yil Toshkent Davlat Universitetini tamomlagan. 1985 -1988 yillar davomida – maktab o`qituvchisi, 1988-1990 yillar davomida – Toshkent Politexnika Instituti (hozirgi TDTU) ASU kafedrasida o`quv masteri, 1990-1993 yillar davomida ASU kafedrasi assistenti, 1993 – 1996 yillar davomida – Toshkent viloyati soliq boshqarmasi kompyuter bo`limi yetakchi mutaxassisi, 2002-2005 yillar davomida – 2-Toshkent davlat tibbiyot institutida assistent lavozimlarida ishlagan. 2005 yildan buyon Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Tibbiy profilaktika” fakulteti “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy qo`llanmalarga hammualliflik qilgan. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. “Tibbiy profilaktika” fakultetining ixtisoslashtirilgan kengashiga ma`sul. O`quv jarayonini zamonaviy texnologiyada amalga oshirish yo`lidagi bajarilayotgan barcha ishlarda kafedra xodimlari bilan xamkorlikda ishlab kelmoqda.

DSC_0077_opt

ЕRMETOV ЕRKINBAY YAXSHIVAYEVICH

(1970 yilda tug`ilgan)

“Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi.1993 yil, Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan. 1993-1994 yillar davomida 2 – Toshkent davlat tibbiyot instituti biofizika va informatika kafedrasi tajribakori. 1994-1999 yillar davomida 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti o`quv-metodik bo`limi muxandisi. 1999 – 2000 yillar davomida 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti normal fiziologiya, biofizika va informatika kafedrasi katta o`qituvchisi. 2000-2005 yillar davomida 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti biofizika va informatika kafedrasi katta o`qituvchisi. 2005 -2012 yillar davomida 2-Toshkent davlat tibbiyot instituti biofizika va informatika kafedrasi katta o`qituvchisi. 2012 yildan xozirgi kungacha Toshkent tibbiyot akademiyasi “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi katta o`qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 1 ta monografiya, 1 ta kitob, 11 ta maqola, 25 ta tezis, 5 ta ratsionaliazatorlik taklifi, 20 ta o`quv-uslubiy qo`llanma, 2 ta o`quv qo`llanmalar muallifidir. Kafedraning o`quv ishlariga ma`sul. “Oliy ma’lumotli hamshira” fakultetining ixtisoslashtirilgan kengashiga ma`sul.

Abdujabborova Umida Mashrukovna

(1971 yil tug’ilgan)

“Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti 1988-1993 yillar mobaynida Toshkent Davlat Universiteti talabasi, 1994-1997 yillar Amaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti kichik ilmiy xodim, 1997-2001 yillar O`zFA Bioorganika ximiya instituti kichik ilmiy xodim, 2001-2003 yillar Amaliy fizika ilmiy-tekshirish instituti kichik ilmiy xodim, 2011-2013 yillar “EMEX TASHKENT” da tarjimon, 2013-2014 yilar “M&M Militzer&Muench” da tarjimoni, 2013 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tibbiy profilaktika fakul`teti “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada “Biofizika” va “Tibbiyot texnikasi” fanlaridan tayyorlangan o`quv-uslubiy qo`llanmalarga hammualliflik qilgan. 3 ta tezis va 13 ta ilmiy maqolalar muallifi. Kafedraning “Ma’naviy va ma’rifiy ishlariga ma’sul.

TUXTAXADJAYEVA FERUZA SHAMANSUROVNA

(1963 yilda tug`ilgan).

“Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti. 1985 yil Nizomiy nomidagi pedagogika institutini tamomlagan. 1985-2002 yillarda 82-o’rta maktab o’qituvchisi; 2002-2003 yilarda 2-ToshDavTI qoshidagi litsey o’qituvchisi; 2003 –2005 yillarda 2-ToshDavTI “Biofizika va informatika” kafedrasi assistenti; 2005 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasida assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy qo`llanmalarga hammualliflik qilgan. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. O`quv jarayonini zamonaviy texnologiyada amalga oshirish yo`lidagi bajarilayotgan barcha ishlarda kafedra xodimlari bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda.

TO`LAGANOVA IQBOL NEMATOVNA

(1960 yilda tug`ilgan).

“Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti bo’lgan. 1982 yil Toshkent politexnika institutini (Hozirgi TDTU) tamomlagan; 1982-1992 yilarda TashZNIЕP, muxandis lavozimida ishlagan; 1992-1999 yillarda 299-maktab o’qituvchisi bo`lgan; 1999 – 2005 – 2-ToshDavTI, “Bioorganik va biologik kimyo, biofizika va informatika” kafedrasida assistent bo`lgan. 2005-2012 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti 2013 yildan ushbu kafedrada xona mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada “Biofizika” va “Tibbiyot texnikasi” fanlaridan tayyorlangan o`quv-uslubiy qo`llanmalarga hammualliflik qilgan. 3 ta tezis va 13 ta ilmiy maqolalar muallifi.

DSC_0083_opt

Sobirjonov Abdusamad Zoxidovich

(1979 yilda tug’ilgan)

“Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti 1997-2001 yillar davomida – Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika universiteti talabasi, 2001-2003 yillar davomida – O`zbekiston Milliy universiteti magistranti, 2003-2013 yillar davomida – Toshkent Bank kolleji “Umumta`lim fanlar” kafedrasi o`qituvchisi 2013 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedrada “Biofizika” va “Tibbiyot texnikasi” fanlaridan tayyorlangan o`quv-uslubiy qo`llanmalarga, ishchi dastur va namunaviy dasturlarga hammualliflik qilgan. Ko’plab tezis va ilmiy maqolalar muallifi. “Davolash” fakultetining ixtisoslashtirilgan kengashiga ma`sul. O`quv jarayonini zamonaviy texnologiyada amalga oshirish yo`lidagi bajarilayotgan barcha ishlarda kafedra xodimlari bilan xamkorlikda ishlab kelmoqda. Jumladan “Biofizika” va “Tibbiyot texnikasi” fanlaridan elektron modul tayyorlashda faol qatnashgan.

DSC_0105_opt

MADJIDOV ALISHER SHAVKATOVICH

(1975 yilda tug`ilgan)

“Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi. 1991-1998 yillar davomida Toshkent Davlat Texnika Universiteti talabasi bo’lgan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Toshkent Davlat Texnika Universitetida laborantlikdan boshlagan. 1995-1996 yillar davomida davlat boshqaruv organlarida turli lavozimlarda ishlagan, 1998-2009 yillarda Toshkent metropolitenida katta elektromexanik, 2011 yildan pedagogik faoliyat yuritib, 2011-2013 yillarda Toshkent Davlat Texnika Universiteti “Informatika” kafedrasi katta o’qituvchisi, 2013 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasida  assistent, katta o’qituvchisi hisoblanadi. 2015 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Marketing bo’limi boshlig’i. “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani bo’yicha fan va ischi dasturlar shuningdek, ma’ruza matnlari, kurs ishi, o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifi hisoblanadi. Talabalari olimpiada qatnashchisi hisoblanadi. Ko’plab Xalqaro va Respublika miqyosidagi konferensiyalarda maqolalari bilan ishtirok etgan. Pedagoglar Malakasini Oshirish Tarmoq Markazida Axborot texnologiyalarini tadbiq etish va o’qitish metodikasi bo’yicha va “Tibbiy pedagogika” fakultetining ixtisoslashtirilgan kengashiga ma`sul hisoblanadi. Ilmiy izlanishlari mehnat bozorini virtual boshqarish tizimiga bag’ishlangan.

Sayfullayeva Dilbar Izzatillayevna

1991-1996yy-Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti talabasi, 1995-2001 yillar davomida Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanidagi 249-gimnaziya maktabida matematika o`qituvchisi, 2001-2007 yillar davomida Toshkent shahar Mirzo Ulugbek tumanidagi “Internеshnl Xaus -Tashkent” litseyida informatika o`qituvchisi, 2007-2008yy-Toshkent shahar Sobir Rahimov tumanidagi “Sehriyo”maktabida matematika –informatika o`qituvchisi, 2008-2010yy-Toshkent shahar Sobir Rahimov tibbiyot kollejida informatika o`qituvchisi, 2011-2014yy Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyda informatika o`qituvchisi. 2014 yildan buyon Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti. Kafedraning tibbiyot kollej va akademik litseylari bilan hamkorlik ishlariga ma’sul. Akademik litsey o’qituvchilari tomonidan “Informatika” fanidan tuzilgan ishchi dasturga taqriz bergan, tezis va maqolalar muallifi hisoblanadi.

Saidnazarova Indira Shamsutdinovna

2004-2008 yil O`zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti talabasi, 2009-2014 yil Olmazor tumanidagi 249 umumta`lim maktabning fizika matematika o`qituvchisi bo’lgan, 2012-2014 yil O`zbekiston Milliy Universiteti Fizika fakulteti magistranti va 2014 yildan boshlab Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi assistenti Kafedrada “Biofizika” va “Tibbiyot texnikasi” fanlaridan tayyorlangan o`quv-uslubiy qo`llanmalarga hammualliflik qilgan. 10 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

Latipova Komila Dalimbekovna

2007-2011 yilar davomida Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti bakalavri, 2011-2013 yilar davomida Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti magistri, 2013-2014 yilar davomida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasida xona mudiri, 2014 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi “Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasida assistenti hisoblanadi. O`quv jarayonini zamonaviy texnologiyada amalga oshirish yo`lidagi bajarilayotgan barcha ishlarda kafedra xodimlari bilan xamkorlikda ishlab kelmoqda.

DSC_9454_opt

Tulaboev Azamjon Qurbonovich

kafedra assistenti

Tel.: +998 71 1507814

Email: a.tulaboev@tma.uz

Leave a Reply

*

Comment moderation is enabled. Your comment may take some time to appear.