Kafedra jamoasi

DSC000802_opt

Hozirda kafedrada 2ta professor, 1 ta dosent, 1 ta tibbiyot fanlari nomzodi va 8 ta assistent faoliyat ko’rsatishmoqda.

hujanazarovXo’janazarov Ilxom Eshqulovich – tibbiyot fanlari nomzodi, tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi mudiri.

Xo’janazarov I.E. 1973 yil 1 oktyabr’ kuni Jizzax viloyatida tavallud topgan. 1996 yil Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti davolash fakul’tetini tamomlagan. 1996–1997 yillarda Bolalar xirurgiyasi mutaxassisligi bo’yicha Samarqand viloyati Bolalar xirurgiyasi ilmiy markazida internatura o’tagan. 19971998 yillarda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani Markaziy shifoxonasi xirurgiya bo’limida xirurg bo’lib ishlagan. 19982000 yillarda Travmatologiya Ortopediya Ilmiy Tekshirish Institutida klinik ordinatura o’tagan. 19992002 yillarda Shoshilinch Tibbiy Yordam Respublika Ilmiy Markazi bolalar qo’shma jaroxatlari bo’limida navbatchi travmatolog bo’lib ishlagan. 20002003 yillarda Travmatologiya Ortopediya Ilmiy Tekshirish Institutida aspirantura o’tagan. 20032008 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Travmatologiya ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasida assistent, keyin dosent lavozimlarida ishlagan, shu bilan birga Travmatologiya Ortopediya Ilmiy Tekshirish Institutida ichki o’rindoshlik asosida kichik ilmiy xodim, keyin esa katta ilmiy xodim bo’lib ishlagan. 20082009 yillarda Research Fellow of Division of Orthopedic Surgery, The Children’s Hospital of Philadelphia of University of Pennsylvania, USA da ilmiy-tadkikotchisi bo’lib ishlagan. 2009 yildan bugungi kungacha Travmatologiya Ortopediya Ilmiy Tekshirish Institutida katta ilmiy xodim lavozimida ishlab kelgan. 2015 yil 1 iyunidan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar, 8 ixtiro va 12 metodik qo’llanmalar muallifi. Muntazam ravishda Respublika va xalqaro sъezdlarda konferensiyalarda va seminarlarda (AKSh, Pol’sha, Rossiya, Ukraina, Pol’sha, Janubiy Koreya) qatnashib kelmokda.

Davolash faoliyatini 1-Respublika Klinik Shifoxonasining travmatologiya bo’limi va O’zTOITI bolalar tug’ma skelet deformasiyalari bo’limida olib boradi. Ilmiy yo’nalishi “Umurtqa pog’onasi degenerativ-distrofik kasalliklari, umurtqa pog’onasi deformasiyalari (skolioz, kifoz, umurtqa pog’onasi tug’ma rivojlanish anomaliyalari).

 

 

 

asilovaAsilova Saodat Ubayevna – tibbiyot fanlari doktori, tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi professori.

Asilova S.U. 1954 yil 18 may kuni Toshkent shaxrida tavallud topgan. 1977 yilda O’rta Osiyo Tibbiyot Pediatriya instituti pediatriya fakultetini tamomlagan. 1977-1978 yillarda 17-shaxar shifoxonasida internatura o’tagan. 1978-1982 yillarda shu erda vrach travmatolog bo’lib ishlagan. 1982-1984 yillarda Toshkent Vrachlar Malakasini Oshirish Institutida klinik ordinatura o’tagan. 1984-1985 yillarda Sog’liqni Saqlash Vazirligi 3 klinikasida vrach-travmatolog bo’lib ishlagan. 1985-1988 yillarda shu erda 1 bo’lim mudiri bo’lgan. 1988-1990 yillarda Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti travmatologiya-ortopediya kafedrasida katta laborant bo’lib ishlagan. 1989 yilda professor Xamraev Sh.Sh. rahbarligida “Kompleksnoe lechenie ishemicheskoy kontrakturi Fol’kmana” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini ximoya qilgan. 1990-1998 yillarda Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti travmatologiya-ortopediya kafedrasida assistent lavozimida ishlagan. 1998 yil professor Xamraev Sh.Sh. rahbarligida “Apparatno-xirurgicheskoe lechenie kontrakturi mejfalangovix sustavov kisti” mavzusida doktorlik dissertasiyasini ximoya qilgan. 1998-2005 yillarda 1-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti davolash va tibbiy profilaktika fakul’tetlari Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi professori bo’lgan. 2005-2011 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash va tibbiy profilaktika fakul’tetlari Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi professori bo’lgan. 2011-2015 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2015 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. 300 dan ortiq ilmiy ishlar, 10 dan ortiq ixtirolar va foydali modellar, 3 monografiya, 20 dan ortiq metodik qo’llanmalar muallifi. Raxbarligida 3 ta nomzodlik dissertasiyasi ximoya qilingan, 3 ta doktorlik dissertasiyasi ximoyaga tayyorlanmoqda. Raxbarligida ISS 11.01 «Usovershenstvovanie lecheniya perelomov pyastnoy kosti kisti»; ADSS 28.14 «Obosnovanie primeneniya xitozana i modifisirovannogo xitozana pri lechenii posttravmaticheskogo osteoporoza» grantlari amalga oshirilgan; ADSS 15.27.10 «Usovershenstvovanie xirurgicheskogo lecheniya deformasii 1 pal’sa stopi i udlinenie plyusnevix kostey» granti amalda. «SICOT» xalqaro travmatolog ortopedlar jamiyatining faol aъzosi. Xar yili travmatologlar-ortopedlar xalqaro konferensiyalarida ishtirok etadi. 2005 yil Isroil, 2006 yil Qirg’iziston, 2007 yil Rossiya, 2009 yil Xindiston, 2010 yil Shvesiya, 2012 yil Dubay, 2013 yil Xindiston va Koreya, 2014 yil Braziliya.

Davolash faoliyatini 1-Respublika Klinik Shifoxonasining travmatologiya bo’limida olib boradi.

 

alihodjaevaAlixodjaeva Gulnora Alautdinovna – tibbiyot fanlari doktori, tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi professori.

Alixodjaeva G.A. 1945 yil 10 aprel’ kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1967 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti davolash fakul’tetini tamomlagan. 1967–1969 yillarda Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti normal fiziologiya kafedrasida o’quvchi-tadqiqotchi bo’lgan. 1969-1970 yillarda shu erda assistent. 1970-1971 yillarda Rentgenologiya, onkologiya va radiologiya Ilmiy Tekshirish Institutida vrach bo’lib ishlagan. 1971-1975 yillarda GTS tibbiy sanitariya qismida vrach ordinator bo’lgan. 1974 yilda “Klinika, diagnostika i lechenie medulloblastom zadney cherepnoy yamki u detey” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1975-1997 yillarda Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti. 1997-2002 yillarda Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi ichki o’rindoshlik asosida professori, hamda davolash fakul’teti dekan muovini. 2001 yilda “Opuxoli mozjechka i 4 jeludochka u detey” mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. 2005 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ixtiro, 1 monografiya va 6 metodik qo’llanmalar muallifi. Rahbarligida 2 ta nomzodlik dissertasiyasi ximoya qilingan.

Neyroxirurgiya bo’yicha magistratura yo’nalishiga maъsul. Davolash faoliyatini Respublika Neyroxirurgiya Ilmiy Markazi bolalar neyroxirurgiyasi bo’limida olib boradi.

 

norchaevNorchaev Jamshid Arslanovich – tibbiyot fanlari nomzodi, tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi dosenti.

Norchaev J.A. 1964 yil 26 sentyabr’ kuni Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. 1987 yilda Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti davolash fakul’tetini tamomlagan. 1984-1986 yillarda Toshkent shahar 34 poliklinikada fel’dsher. 1986-1987 yillarda tez tibbiy yordam stansiyasida fel’dsher. 1987-1988 yillarda Qashqadaryo viloyati kasalxonasida internatura o’tagan. 1988-1990 yillarda U.Yusupov tumani markaziy shifoxonasi xirurgi. 1990-1992 yillarda 1-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti stomatologiya fakul’teti xirurgik kasalliklar kafedrasida klinik ordinatura o’tagan. 1992-1994 yillarda 1-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti stomatologiya fakul’teti xirurgik kasalliklar kafedrasi assistenti. 1994-1999 yillarda GAJK “O’zbekiston Temir Yullari” klinik shifoxonasida xirurg. 1995 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1999-2002 yillarda 1-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti stomatologiya fakul’teti xirurgik kasalliklar kafedrasi doktoranti. 2002-2005 yillarda Toshkent Avia sozlik boshqarmasi tibbiy sanitariya qismi xirurgi. 2005-2007 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy pedagogika fakul’teti UASh xirurgiya kafedrasi assitenti. 2007 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi dosenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Xozirda XDJ fanidan maъruzalar o’qiydi hamda amaliy mashg’ulotlarni olib boradi.

 

suvonovSuvonov O’ktam Xolmurodovich – tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi katta o’qituvchisi.

Suvonov O’.X. 1973 yil 20 avgustda Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1997 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti davolash fakul’tetini tamomlagan. 1997-1998 yillarda Samarqand Davlat Tibbiyot Institutida internatura o’tagan. 1998-2001 yillarda Samarqand viloyati Narpay tumani markaziy shifoxonasida xirurg. 2001-2002 yillarda Samarqand shahar tez tibbiy yordam punktida pediatr. 2002-2006 yillarda Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi Samarqand filiali xirurgiya bo’limi xirurgi. 2006-2014 yillarda tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti. 2014 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedrada o’quv ishlari bo’yicha maъsul. Bakalaviatura yo’nalishi bo’yicha amaliy darslarni olib boradi. Davolash faoliyatini 1-Respublika Klinik Shifoxonasining travmatologiya bo’limida olib boradi.

 

ashrapovAshrapov Jamshid Raupovich – tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti.

Ashrapov J.R. 1981 yil 5 yanvar’ kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2005 yilda 1-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti davolash fakul’tetini tamomlagan. 2005-2008 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi neyroxirurgiya kafedrasi magistranti. 2008 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Neyroxirurgiya yo’nalishi bo’yicha moderator. Davolash faoliyatini Respublika Neyroxirurgiya Ilmiy Markazi bolalar neyroxirurgiyasi bo’limida olib boradi.

 

dilovDilov Jo’rabek Gaybulloevich – tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti.

Dilov J.G. 1987 yil 14 oktyabr’ kuni Buxoro viloyatida tavallud topgan. 2010 yilda Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti davolash fakul’tetini tamomlagan. 2010-2013 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi neyroxirurgiya kafedrasi magistranti. 2013-2014 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi xona mudiri. 2014 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

Ordinatura bo’yicha masъul. Davolash faoliyatini Respublika Neyroxirurgiya Ilmiy Markazi bolalar neyroxirurgiyasi bo’limida olib boradi.

 

kazakovKazakov Sherzod Jumanazarovich – tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti.

Kazakov Sh.J. 1985 yil 1 may kuni Xorazm viloyatida tavallud topgan. 2009 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash fakul’tetini tamomlagan. 2009-2012 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi neyroxirurgiya kafedrasi magistranti. 2012 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

5 kurs talabalariga neyroxirurgiya fanidan dars beradi. Davolash faoliyatini Respublika Neyroxirurgiya Ilmiy Markazi bolalar neyroxirurgiyasi bo’limida olib boradi.

 

 

 

 

tashmatovToshmatov Shavkat Nasretdinovich – tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti.

Toshmatov Sh.N. 1982 yil 9 mart kuni Samarqand viloyatida tavallud topgan. 2008 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy pedagogika fakul’tetini tamomlagan. 2008-2011 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi neyroxirurgiya kafedrasi magistranti. 2011 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

Kafedrada Maъnaviyat va maъrifat ishlari bo’yicha maъsul. Neyroxirurgiya yo’nalishi bo’yicha moderator. Davolash faoliyatini Respublika Neyroxirurgiya Ilmiy Markazi bolalar neyroxirurgiyasi bo’limida olib boradi.

 

turdibekovTurdibekov Bobur Saidovich – tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti.

Turdibekov B.S. 1982 yil 2 aprel’ kuni Jizzax viloyatida tavallud topgan. 2007 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti pediatriya fakul’tetini tamomlagan. 2007-2010 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi magistranti. 2011 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

Magistratura yo’nalishi bo’yicha masъul. Davolash faoliyatini 1-Respublika Klinik Shifoxonasining travmatologiya bo’limida olib boradi.

 

ubaydullaevUbaydullaev Bekzod Shavkatovich – tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti.

Ubaydullaev B.Sh. 1985 yil 23 dekabr’ kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2009 yilda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti tibbiy-pedagogika fakul’tetini tamomlagan. 2009-2012 yillarda Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti travmatologiya ortopediya kafedrasi magistranti. 2012-13 yillarda 1-Respublika Klinik Shifoxonasi qabul bo’limi navbatchi travmatologi. 2013 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti Travmatologiya ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi laboranti. 2013 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy pedagogika fakulteti Travmatologiya ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

Ordinatura bo’yicha masъul. Davolash faoliyatini 1-Respublika Klinik Shifoxonasining travmatologiya bo’limida olib boradi.

 

yugayYugay Al’bert Valentinovich – tibbiy–pedagogika fakul’teti Travmatologiya–ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi assistenti.

Yugay A.V. 1981 yil 1 yanvar’ kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2008 yilda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash fakultetini tamomlagan. 1998-1999 yillarda 1-Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti ruxiy kasalliklar va narkologiya kafedrasi laboranti. 2008-2011 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi travmatologiya ortopediya kafedrasi magistranti. 2011-2012 yillarda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasi laboranti. 2013 yildan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tibbiy-pedagogika fakul’teti Travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va HDJ kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.

Magistratura yo’nalishi bo’yicha dastur direktori. Davolash faoliyatini 1-Respublika Klinik Shifoxonasining travmatologiya bo’limida olib boradi.

 *************************************************************************************

Hozirda kafedrada 3 ta doktorlik dissertasiyasi mavzusi tasdiqlangan. Kafedra xodimlari travmatolog, neyroxirurg kadrlar tayyorlash va axoliga yuqori malakali tibbiy yordam ko’rsatishda ulkan xissalarini qo’shishmoqda.

Hozirda respublikaning barcha viloyatlarida kafedrada taxsil olgan mutaxassislar ishlashmoqda.

 

One thought on “Kafedra jamoasi

  1. Хотелось бы чтоб здесь была электронная почта каждого сотрудника кафедры

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Comment moderation is enabled. Your comment may take some time to appear.