Xush kelibsiz

Kafedramiz yangi veb-saytiga xush kelibsiz!

401 Comments

Umurtqa pog`onasi osteoхondrozi.

Travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya №1 kafedrasi.

14 Mart 2017 yil, soat 09-00 da, Davolash Fakultetining 503 B guruh talabalari ishtirokida neyroxirurgiya fanidan ochiq dars o`tkaziladi. O’qituvchi assistent Boboev B.A.

Mavzu: Umurtqa pog`onasi osteoxondrozi.

Manzil: Travmatologiya, ortopediya va neyroxirurgiya №1 kafedrasi. TTA, 2-klinikasining 1-binosi, 3 qavat, auditoriya.

Leave a comment

Ma’naviy ma’rifiy soat o’tkazildi

19.01.2017 yil Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  8- talabalar turar joyi majlislari zalida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi  Travmatologiya-ortopediya, Neyroxirurgiya №1 kafedrasi xodimlari va tibbiy profilaktika fakulteti talabalari orasida manaviyat va ma’rifat soati o’tkazildi. Talabalarga kafedra hodimlari tomonidan kafedrada bajarilayotgan ilmiy ishlar, yangiliklar bilan tanishtirildi va kasbya yo’naltirish o’tkazildi.

Leave a comment

Очиқ дарс.

Умуртқа поғонаси остеохондрохи ва диск чурралари мавзусидаги очиқ дарсга таклиф қиламиз!

f82518f7886d3e290c2ba5c4df081d3c121fe2539a3d838e9943fe7f994b8e8f

20.01.2017 куни, соат 09.00 да, Травматология-ортопедия, нейрохирургия №1 кафедрасида бўлиб ўтадиган “Умуртқа поғонаси остеохондрохи ва диск чурралари” мавзусидаги очиқ дарсга таклиф киламиз.
Ушбу очиқ дарс кафедра ходимлари ва тиббий педагогика факультети 504 а гурух талабалари орасида бўлиб ўтади.

Манзил: ТТА 2-клиникаси, 1- корпус, Травматология ва ортопедия, нейрохирургия №1 кафедраси

Leave a comment

Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi Prezident korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi.

Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.

Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.

Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tadi:

  • aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;
  • korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.

Hujjatda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni keltirib o‘tadi. Jumladan, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, parlament va jamoatchilik nazorati, mansabdor shaxslar faoliyati sifatini baholash hamda ishga qabul qilish va mansab pillapoyalaridan ko‘tarilishda ochiqlik va xolislik tamoyili asosida tanlovli saralashlarni olib borish tizimlarini joriy etish belgilangan. Davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomi aniqlanib, ularning ijtimoiy himoyasi, moddiy ta’minoti, har tomonlama rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va tadbirkorlik sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralar qatoridan esa ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish va tezkorligini oshirish, davlat organlarining nazorat-tekshiruv vakolatlarini optimallashtirish hamda ular va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini joriy etish belgilangan.

Ma’muriy jarayonlar sohasida korrupsiyadan ogohlantirish choralari ro‘yxatiga ularning batafsil reglamentini belgilash, ushbu jarayonlarni soddalashtirish va byurokratik rasmiyatchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik kiritilgan.

Qonunda davlat organi xodimi biror bir shaxs tomonidan uni korrupsion huquqbuzarlikni sodir etishga da’vat qilish holati, shuningdek, boshqa ishchilar tomonidan shu kabi holatlarning amalga oshirilishi bo‘yicha unga oshkor bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z rahbari yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat etishi belgilangan. Mazkur majburiyatlarning bajarilmasligi qonunchilikka muvofiq tegishli ravishda jazoga tortilishiga olib keladi.

Korrupsion jinoyat to‘g‘risida oshkor qilgan shaxs davlat himoyasi ostiga olinadi. Biroq mazkur qoida yolg‘on ma’lumotlarni taqdim etganlarga nisbatan amal qilinmaydi.

Qonunning alohida moddasi har kim tashkilotlar va davlat organlari faoliyati, mazkur shaxslar yoki shaxslar guruhiga taalluqli qabul qilinayotgan aktlar to‘g‘risida ma’lumot olish huquqiga ega ekanligini ko‘zda tutadi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar OAVga korrupsiya bilan bog‘liq hodisalar, dalillari, voqealar va jarayonlan to‘g‘risida jamoatchilik uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etadi.

Leave a comment

2017 YIL “XALQ BILAN MULOQOT VA INSON MANFAATLARI YILI”

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI TRAVMATOLOGIYA-ORTOPEDIYA, NEYROXIRURGIYA №1  KAFEDRASI HODIMLARI 2017 YIL “XALQ BILAN MULOQOT VA INSON MANFAATLARI YILI” MUNOSABATI BILAN TOSHKENT SHAHRI  OLMAZOR TUMANI “MURUVVAT” NOGIRON BOLALAR UCHUN INTERNAT UYIDA BO’DILAR.

Leave a comment

“ПРЕЗИДЕНТ САЙЛОВИ ДЕМОКРАТИК ЯНГИЛАНИШ ВА ИЛОҲАТЛАР КЎЗГУСИ” МАВЗУСИДА СУХБАТ ЎТКАЗИЛДИ

Тошкент Тиббиёт Академияси Травматология -Ортопедия, Нейрохирургия №1 кафедрасида

qqqq“ПРЕЗИДЕНТ САЙЛОВИ ДЕМОКРАТИК ЯНГИЛАНИШ ВА ИЛОҲАТЛАР КЎЗГУСИ”

мавзусида сухбат ўтказилди

Тошкент тиббиёт академияси “Травматология -Ортопедия, Нейрохирургия №1” кафедраси ходимлари ва 4-курс талабалари билан 25 ноябр куни “Президент сайлови демократик  янгиланиш ва илоҳатлар кўзгуси” мавзусида сухбат ташкил қилинди. Ушбу маънавият соати республикамизда бўлиб ўтадиган муҳим сиёсий воқеа – Президентликка сайлов жараёнига бағишланди. Сухбатда демократик ҳуқуқий давлатни барпо этиш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришга қаратилган изчил ислоҳотлардан бири – сайловлар ҳақида атрофлича маълумот берилди.

Маълумки сайлов компанияси 2016 йил 26 октябр кунидан бошланди. Шу кундан эътиборан номзодлар ўз дастурлари билан ОАВда, жойларда чиқишлар қила бошлашди. Президентликка қуйидагилар сайловда қатнашиш учун ўз номзодларини қўйишди: Ўзбекистон Миллий тикланиш партиясидан – Сарвар Отамуротов; Ўзбекистон Либерал-демократик партиясидан – Шавкат Мирзиёев; Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партиясидан – Наримон Умаров; Ўзбекистон Халқ-демократик партиясидан –Ҳотамжон Кетмонов.

Сухбат давомида юқорида номлари келтирилган номзодларнинг дастурлари билан таништирилди.

 

Posted in Ma'naviyat-ma'rifat ishlari, Ma'naviyat-ma'rifat ishlari, Ma'naviyat-ma'rifat ishlari | Leave a comment

ТЕРРОРИЗМ ВА ДИНИЙ ЭКСТРИМИЗМГА ҚАРШИ КУРАШ!

 

Тошкент тиббиёт академияси, «Малака ошириш» факультети «Травматология –ортопедия, нейрохирургия № 1» кафедраси 2016 йил 23 ноябрь куни соат 15:00 да ректорат залида Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги терроризмга қарши курашиш бошқармаси, ўта мухим ишлар бўйича ходими, полковник Тўрахонов Қахрамон Эркинович иштирокида “Терроризм ва диний экстримизм бутунжахон хамжамияти олдида турган энг глобал муаммо” мавзусида профессор-ўқитувчилар ва талабалар билан учрашуви бўлиб ўтди.

Учрашувда талабалар ва ходимлар хозирги замонда энг катта ва долзарб муаммо бўлмиш терроризм ва диний экстримизмнинг нақадар аянчли оқибатларга олиб бориши, уларнинг асл мақсади ва террориз ва диний экстримизмга қарши курашиш чоралари тўгрисида сухбат олиб борилди.

Leave a comment

Сайлов Демократия Кўзгуси!

Тошкент Тиббиёт Академияси Травматология-ортопедия, нейрохирургия №1 кафедраси ходимлари ва 4 -5 курс талабалари орасида

САЙЛОВ ДЕМОКРАТИЯ КЎЗГУСИ

qqqq

мавзусида маъруза ташкил этилди.

Ушбу маърузада республикамизда бўлиб ўтадиган муҳим сиёсий воқеа – Президентликка сайлов жараёнига бағишланди. Сухбатда демократик ҳуқуқий давлатни барпо этиш ва фуқаролик жамияти асосларини шакллантиришга қаратилган изчил ислоҳотлардан бири – сайловлар ҳақида атрофлича маълумот берилди.

Бизга маълумки сайлов компанияси 2016 йил 26 октябр кунидан бошланди. Шу кундан эътиборан номзодлар ўз дастурлари билан ОАВда, жойларда чиқишлар қила бошлашди. Президентликка қуйидагилар сайловда қатнашиш учун ўз номзодларини қўйишди:

Ўзбекистон Миллий тикланиш партиясидан – Сарвар Отамуротов;

Ўзбекистон Либерал-демократик партиясидан – Шавкат Мирзиёев;

Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партиясидан – Наримон Умаров;

Ўзбекистон Халқ-демократик партиясидан –Ҳотамжон Кетмонов.

Маъруза давомида юқорида номлари келтирилган номзодларнинг дастурлари билан таништирилди.

 

Leave a comment

Ochiq dars!

22.11.2016

09:00

 

22 – Noyabr 2016 yil soat 09:00 da Travmatologiya – Ortopediya, Neyroxirurgiya №1 kafedrasida  “Travmatologiya va ortopediya” fanidan KO’KRAK QAFASI VA YELKA KAMARI SHIKASTLANISHLARI. YELKA SHIKASTLARI VA ASORATLARI mavzusida kafedra assistenti Saloxiddinov F.B. va davolash fakulteti 405 guruh talabalari bilan birgalikda ochiq dars bo’lib o’tadi.

Ochiq dars o’zbek va ingliz  tillarida olib borildi.

 

Leave a comment

Эълон!!!

Эьлон

Хурматли академиямиз педагог ва талабалари:

Тошкент тиббиёт академияси, «Малака ошириш» факультети «Травматология –ортопедия, нейрохирургия № 1» кафедраси 2016 йил 23 ноябрь куни соат 15:00 да ректорат залида Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги терроризмга қарши курашиш бошқармаси, ўта мухим ишлар бўйича ходими, полковник Тўрахонов Қахрамон Эркинович иштирокида

“Терроризм ва диний экстримизм бутунжахон хамжамияти олдида турган энг глобал муаммо”antiterror мавзусида профессор-ўқитувчилар ва талабалар билан учрашувга таклиф этамиз

Posted in Yangiliklar, Yangiliklar, Yangiliklar, Yangiliklar, Yangiliklar, Yangiliklar | Leave a comment